8 Iyul 2022 yil 429

Mahalladoshini 19 bosh qoʻylarini sotib olib pullarini bermay aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

Beshariq tumani.2022-yilning 05-iyun kuni Qashqa koʻchasida yashovchi T.R mahalladoshi M.X.ning yashash xonadoniga kelib, uni ishonchiga kirib, hovlisida boʻlgan umumiy narxi 48.000.000 soʻmlik 19 bosh chorva qoʻylarini sotib olib, puli tez kunda olib kelib berishini va’da qilib, qoʻylarini olib kelib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻylarini qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech