17 Yanvar 2023 yil 202

Kuz-qish mavsumida aholi kayfiyatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muammolarni oʻrganish yuzasidan tuzilgan viloyat IIB ishchi guruhi tomonidan Oltiariq tumanida oʻrganishlar olib borildi

Viloyatdagi hamkor tashkilot va idoralar mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan tumandagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shohobchalari, elektr ta’minoti, gaz tarmoqlari, ichimlik suvi, aholini koʻmir bilan ta’minlash, sanitariya epidemiologiya yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Yuqoridagi eng dolzarb sohalar haqida aholining fikr-mulohazalari tinglandi. Xonadonlar, tibbiyot va ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi birma-bir oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech