Kun tartibida: Qonuniylik va xizmat intizomi
8 yanvar` kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov huzurida boshqarma Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ko'ngilsiz hodisalarning kelib chiqishining oldini olish, poraxo'rlik, xodimlar ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, huquqiy savodxonligini yuksaltirish, ular bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik tarbiyaviy ishlarni to'g'ri tashkillashtirish bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda barcha shahar va tuman bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va tuman ichki ishlar bo'limining yo'l harakati xavfsizligiga mas'ul rahbarlarga yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida etarlicha ishlar tashkil qilinmaganligi, xizmat avtomashinalari biriktirilgan xodimlar tomonidan maxsus xizmat avtomashinalarining mayoqchasini yoqib yurmasligi holatlari bo'yicha e'tirozlar bildirildi.
SHuningdek, yo'l-patrul` xizmati inspektorlarining bilim saviyasini yanada oshirish, barcha tumanlararo ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'linmalari tomonidan fuqarolarga berilayotgan haydovchilik guvohnomalari berish tartibi, piyodalar hamda haydovchilarni yo'llarda harakatlanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta'kidlandi.
Xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo'l qo'ygan, bugungi kunda ichki ishlar organlariga qo'yilayotgan talablarni bajarishda mas'uliyatsizlikka yo'l qo'ygan ayrim xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli qonuniy choralar ko'rilishi aytib o'tildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati