4 Aprel 2023 yil 424

Kredit savdo doʼkondan sotuvchini chalgʼitish orqali telefon apparatini qoʼlga kiritgan shaxs aniqlandi

Qoʼqon shahar. А.Navoiy koʼchasida joylashgan kredit savdo doʼkonida sotuvchi boʼlib ishlovchi M.А IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 13 mart kuni nomaʼlum shaxs oʼzi ishlab kelayotgan ushbu savdo doʼkoniga kelib, telefon apparatini goʼyoki foydalanib olish uchun soʼrab, uni xaridorlar bilan chalgʼib qolganligidan foydalanib, unga tegishli boʼlgan narxi 2.250.000 soʼmlik “Red Mi Note-11” rusumli telefon apparatini olib ketib, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni А.R sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech