22 Noyabr 2021 yil 524

Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Quva tumani. 16 noyabr kuni M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2018 yilning sentyabr oyida nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, 4.500 AQSH dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, pulni olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yo‘li qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech