Koreya Respublikasiga ishga joʻnatishni aytib fuqaroning pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Fargʻona shahar.2018-yilning iyun oyida E.N N.S.ni ishonchiga kirib, tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga joʻnatishini aytib, 9.200 AQSH dollar pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yurborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati