Qoʻqon shahri. 2021-yilning aprel oyida M.A tanishi S.L.ni ishonchiga kirib, 1.500 AQSH dollari evaziga Koreya davlatiga oʻqishga olib kirib qoʻyishligini aytib, pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritilgan pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: