19 Noyabr 2022 yil
461
Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib tanishini 3.600 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.2022-yilning may oyida Zarkent mahalla hududida yashovchi R.I tanishi U.M ismli ayol bilan Al.Fargʻoniy koʻchasida koʻrishib uni oʻgʻli A.J.ni Koreya davlatiga ishlashga yuborish uchun undan jami 3.600 AQSH dollari olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyolariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati