KOʻP YILLIK ORZULAR USHALGAN KUN
Soʻx tumanidagi Madaniyat uyida viloyat hokimining oʻrinbosari va tumandagi toʻrtta sektor rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda tumanning barcha hududidan fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda horijiy davlat fuqarolari ishtirok etdi. Fuqarolar murojaati atroflicha oʻrganilib, aksariyati shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan muddatlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olingan 3 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxsga ИД-kartasi tantanali ravishda topshirildi.
Jumladan, tumanning Mulgon mahallasida yashovchi Bogʻinisa Ziyaeva 1994-yilda Soʻx tumaniga kelin boʻlib tushgan, qariyib 30-yildan buyon fuqaroligi boʻlmagan shaxs sifatida yashab kelayotgan edi. Nihoyat uning ham koʻp yillik orzusi ushalib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini bildiruvchi hujjat berildi. Ayol xursand boʻlib, Prezidentimizga hamda tegishli vazirlik va idoralar mutasaddi xodimlariga oʻz minnatdorligini bildirdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati