4 Noyabr 2021 yil 412

Beshariq tumanida koʻmir mahsulotlari sotib olib, pullarini bermay aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Beshariq tumani. 2021-yilning avgust oyida Y.Q Sh.D.ni ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan qoʻmir mahsulotlarini 3.800.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini tez kunda olib kelib berishni aytib, koʻmir mahsulotlarini olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan koʻmir mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech