29 Noyabr 2021 yil 502

Kitobxonlar bilan uchrashuv

Ichki ishlar vazirligining Fargʻona Akademik litseyida “El-yurt osoyishtaligi generallari”, “Ichki ishlar organlarining mard oʻgʻlonlari”, "Faxriylar - faxrimiz" hamda “Oʻzbekiston xalqi xizmatida” nomli kitob mualliflari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda ushbu kitoblarning mualliflari va nashrga tayyorlagan olimlar – Oʻzbekiston Respublikasi IIV Birlashgan kasaba uyushmasi bosh mutaxassisi, iste’fodagi polkovnik A.Sattorov, vazirlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti katta inspektori, podpolkovnik Q.Shokirov, IIV Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik Q.Qodirovlar ishtirok etib, kitoblarning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati haqida soʻzlab berishdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda litsey oʻquvchilari mualliflarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, atroflicha javob oldilar.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech