13 Oktyabr 2022 yil 386

Kissavur ayol qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. 17-sentabr kuni B.F ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 15-sentabr kuni noma’lum shaxs P.Maxmud koʻchasida yonida boʻlgan ayollar sumkasidan narxi 2.000.000 soʻmlik “Samsung A-21 S” rusumli telefon appartini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.I ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech