“Kissavur” qamoqqa olindi
Fargʼona shahri. 12 mart kuni S.L. IIBga murojaat qilib, Fargʼona shahar markazida joylashgan avtoshohbekatda choʼntagida boʼlgan narxi 750.000 soʼmlik “Redmi note 5 pro” rusumli uyali telefon apparatini nomaʼlum shaxs oʼgʼirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi(kissavurlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni M.M. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati