Kinologiya xizmati oʻrganilib, zarur tavsiyalar ishlab chiqildi
IIV rahbariyatining reja-topshirigʻi, Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorida koʻrsatib oʻtilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda soha xodimlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yetakchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi Fargʻona viloyati IIB JTSB kinologiya boʻlinmasi faoliyatini oʻrganishdi.
Oʻrganish jarayonida boʻlinmaning moddiy texnik bazasi, yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarining huquqiy bilimlari, kasbiy mahoratlari, xizmat itlarining iz qidiruv, giyohvandlik moddalari topish hamda portlovchi moddalarni qidirib topish yoʻnalishlari boʻyicha xizmat sifati koʻzdan kechirildi.
Erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bevosita xodimlar ishtirokida muhokama qilinib, xizmatni sifat jihatidan yaxshilash uchun zarur tavsiyalar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.