Farg‘ona davlat texnika universitetida kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan ma’rifat soati o‘tkazildi
Farg‘ona davlat texnika universiteti katta majlislar zalida ma’rifat soati doirasida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kiberxavfsizlik – zamon talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori ochib berdi.
So‘ngra Farg‘ona viloyati IIB Kiberxavfsizlik boshqarmasi mas’ul xodimi so‘zga chiqib, bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar, ularning mohiyati hamda turlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, kiberjinoyatlarning jabrdidasi bo‘layotgan fuqarolar misolida ularning oldini olish choralari haqida so‘z yuritdi va ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berdi.
Tadbir yakunida talabalar va professor-o‘qituvchilar kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda foydali tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati