14 Fevral 2023 yil 571

“Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida joylarda targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda

Avval xabar qilganimizdek, Fargʻona viloyati hokimining tegishli qarori bilan 13 fevral kunidan 19 fevral kuniga qadar viloyatimizda “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi (Cyber-Week)” oʻtkazilmoqda.

Taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilib, kiberjinoyat tushunchasi, uning kelib chiqishiga sharoit yaratib beradigan omillar yigʻilganlarga aniq misollar orqali yetkazilyapti.

Jumladan, “Bank kartasi kodini hech kimga bermayman”, “Internet tarmogʻidan xavfsiz foydalanaman” mavzularida oʻquv-seminarlari oʻtkazilib, aholining mavzu yuzasidan huquqiy bilimlari boyitilmoqda.

Haftalik doirasida “Eng yaxshi monolog”, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi sheʼr” yoʻnalishlari boʻyicha tanlovlar ham eʼlon qilingan.

Bu esa kiberjinoyatlarning oldini olish hamda aholining virtual muhitdagi kibertahdidlardan ogohligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Haftalik doirasidagi tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech