27 Fevral 2020 yil
1259
Katta miqdordagi kredit toʼlanmadi
Fargʼona shahar IIBga 2020 yil 25 yanvar kuni, Quvasoy shaharda yashovchi, Fargʼona shahridagi MChJ raxbari, 27 yoshli Q.Z., ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil aprelь oyida, tanishi Fargʼona shaharda yashovchi, 39 yoshli N.I., uni ishonchiga kirib, MChJ kredit savdo doʼkonidan 145 171 600 soʼmlik turli xil maishiy texnika vositalarini bir yil muddatga olib, shu kunga qadar pullarini toʼlamay kelayotganligini maʼlum qilgan. Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan N.I.,ga nisbatan Oʼz. R. JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati