Farg‘ona viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarni huquqiy, kasbiy va jangovar tayyogarligini yanada oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy kurslarini tashkil etilmoqda
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarining huquqiy, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlari yo‘lga qo‘yildi.Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi o‘quv bazasida olib borilayotgan mashg‘ulotlariga oliy ta’lim mussasalari professor-o‘qituvchilari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining tegishli sohaviy xizmatlarining malakali xodimlari jalb etilgan.
Yig‘in davomida «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi va uning 5 ta ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mazmun-mohiyati va boshqa sohaga oid qonun hujjatlar asosida dars mashg‘ulotlari tashkil etilyapti.
Mazkur hujjatlarda ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, bir so‘z bilan aytganda “Inson qadri uchun” tamoyilining amaliyotga tadbiq etish ko‘zda tutilganligi aniq misollar yordamida tushuntirib berilyapti.
Bundan tashqari, huquqiy asoslarga muvofiq huquqbuzar va jinoyatchilarga nisbatan kuch ishlatish, zararsizlantirish, qo‘lga olish, maxsus vositalar va o‘qotar qurollarni qo‘llash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi yo‘lanishlardan ham nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi tadbirlar soha xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga, ularning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati