Kasbiy tayyorgarlik oyligini doirasidagi tadbirlar Dangʻara tumanida ham uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda
Ichki ishlar vazirining “Kasbiy tayyorgarlik oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan, Dangʻara tumani IIB rahbariyati tomonidan shaxsiy tarkibi oʻrtasida qonunchilik va huquqiy targʻibot boʻyicha mahorat darslari oʻtildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori tomonidan tana vaznini kamaytirish va me’yorida saqlash qoidalari yuzasidan zarur tavsiyalar ham berildi.
Oʻtkazilgan tadbir davomida xodimlarning jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish va ularga qarshi kurashishda zamonaviy vositalar, shakl va metodlari boʻyicha amaliy koʻnikma va malakalari oshirildi. Tezkor tadbirlar davomida harakatlanish tartiblari koʻzdan kechirildi.
Oylik doirasidagi sport musobaqalariga ham keng oʻrin berildi.
Mazkur tadbirga qoʻshimcha ravishda Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimi xodimlari ham jalb etildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati