1 Dekabr 2021 yil 740

KASBIY TAYYORGARLIK OYLIGI YUQORI SAVIYADA OʻTMOQDA

Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga koʻra 2021-yilning 15-noyabridan 15-dekabr kuniga qadar soha xodimlari oʻrtasida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” oʻtkazilmoqda. Bu borada Fargʻona viloyati ichki ishlar organlarida ham bir qator amaliy tadbirlar, mahorat darslari va sport musobaqalari tashkil etilyapti.

Qoʻqon shahar Ichki ishlar boshqarmasida ham oylik doirasida xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, 9 millimetrli PM jangovar qurolidan foydalanish boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etilib, mas’ul xodimlar tomonidan ushbu qurolning taktik-texnik xususiyatlari, qoʻllash asoslari va olib yurish tartibi toʻgʻrisida tushunchalar berildi, xodimlarning amaliy koʻnikmalari boyitildi.

Shuningdek, boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirokida shahar hududidagi 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi zalida stol tennisi, mini futbol musobaqalari oʻtkazildi. Boʻlinmalarda saf koʻriklari tashkil qilinib, xodimlarga xizmat va ijro intizomi boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, boshqarma shaxsiy tarkibi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni va ommaviy sport tadbirlari oʻtkazildi. Shahar hududidagi Oʻrda majmuasi atrofida tashkillangan marafonda soha xodimlari faol qatnashib, aholiga namuna boʻldilar.

Bunday musobqalar boshqa shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlarida ham uyushqoqlikda tashkil qilinmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech