14 Mart 2022 yil 457

Fargʻona shahrida “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining akummulyator batareyasini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahri. 2021-yilning 30-sentabr kuni R.B IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyul oyidan 30-sentabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Mustaqilik koʻchasida joylashgan avtoturargohda qarovsiz qoldirgan “Kamaz” rusumli yuk avtomashinani narxi 3.500.000 soʻmlik akummulyator batareyasini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech