Kafedan 3 dona televizor hamda kuzatuv kamera xotirasini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar. Fuqaro J.S IIBga murojaat qilib, unda 29-avgust kuni noma’lum shaxs Yassaviy koʻchasida joylashgan kafega gʻayriqonuniy ravishda kirib, kafeda boʻlgan narxi 600 AQSH dollarli 2-dona “LG” va “SONI” rusumli televizorlar hamda kuzatuv kamerasini xotirasini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni D.T sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati