Jurnalist va blogerlar bilan matbuot anjumani oʻtkazildi
“Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi boʻyicha olib borilayotgan amaliy ishlar” mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumanida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarini harakatlanishida qulayliklar yaratish maqsadida yoʻl infratuzilmasini yaxshilash borasida Fargʻona viloyati hududida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash, yoʻl-transport hodisalarini oldini olish tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Yoʻllardagi sodir boʻlayotgan koʻngilsiz holatlar yoʻl infratuzilmasini harakat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy talablariga toʻliq muvofiqlashtirishni talab etmoqda. Matbuot anjumanida ayni shu yoʻnalishda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB nazorati ostida yoʻl qurilish va ta’mirlash tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar yetkazildi.