22 Iyun 2022 yil 412

Joylarda yangi qonun targʻibotiga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda

Xabaringiz bor joriy yilning 31-may kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi.

Shu munosabat bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritildi.

Fargʻona viloyati IIB JXX JTSB Nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkillashtirish guruhi tomonidan Qonunning ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, ushbu Qonun asosida kelib chiqishi mumkin boʻlgan ma’muriy va jinoiy javobgarlikning oqibatlari haqida oʻqotar quroliga ega shaxslar, ovchilik doʻkonlari egalari va aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz ushbu Qonun 2022-yilning 2-sentabridan va javobgarlik masalalari qismi 2-dekabr kunidan kuchga kiradi.

Qonunning toʻliq matni, LEX.UZ saytida

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech