Joylarda intizom oyligi davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishiga asasan Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalarida joriy yilning 10-iyun kunidan 10-iyul kuniga qadar “Intizom oyligi” davomida Uchkoʻprik tumani IIB tomonidan, tuman hokimligi vakillari jome masjidi imom xatibi IIB Jamoat xavfsizlik xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi xodimlari ishtirokida axborot kutubxona markazida IIO xodimlarining turmush oʻrtoqlari uchun yigʻilish oʻtkazildi.
Ushbu yigʻilishda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, oila tinchligini ta’minlashdagi ayollarning oʻrni mavzusida soʻz yuritildi. Bevosita xalqimiz koʻz oʻngida xizmat olib boradigan Ichki iishlar xodimlarining oilasi barchaga na’muna boʻlishi kerakligi, er-xotin va qaynona-kelin munosabatlarida hamisha yakdil boʻlishlari lozimligi hamda ular oʻrtasidagi ziddiyatli muammolarni tinch yoʻl bilan xal etish boʻyicha maslahatlar berildi.
Oylik doirasidagi tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati