5 Aprel 2023 yil 414

Jome masjiddagi taxoratxonada qarovsiz qolgan kamzulning choʼntagidan “Samsung A-73” rusumli telefon apparatini oʼgʼirlagan shaxs maʼlum boʼldi

Qoʼqon shahar. E.Z IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 24 fevral kuni nomaʼlum shaxs Qalandarxona mahalla hududida joylashgan jome masjididagi taxoratxonaga qoʼygan, qora rangli kamzulining choʼntagida boʼlgan, bahosi 1,5 mln soʼmlik “Samsung A-73” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʼgʼirlaganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Sh.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech