Toshloq tumanida jinoyat ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Dilmurot Xudjaqulov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbirda Toshloq tumanidagi “Zarkent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Yakunda jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha mutasaddi rahbarlar, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, “mahalla yettiligi” a’zolari va faol jamoatchilik vakillariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati