12 Aprel 2025 yil 1352

Oltiariq tumanida  ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va oila doirasidagi jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida “Turmush” profilaktik tadbiri tashkil etildi

Uchrashuvda probatsiya hisobidagi shaxslar, oilaviy zo‘ravonlik sodir etgan va himoya orderi berilgan fuqarolar qatnashdi. Yig‘ilishda mahallalarda yuz berayotgan oilaviy nizolar, ajrimlar va zo‘ravonlik holatlari tanqidiy tahlil qilindi.

Bu kabi jinoyatlarni barvaqt oldini olish uchun mutasaddi idoralar hamkorligini kuchaytirish zarurligi bildirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech