15 Dekabr 2023 yil 1584

Rishton tumani IIBda jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida joriy yilning 11 oyida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Rishton tumani IIB majlislar zalida tashkil etilgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farruh Usarov hamda Huquqbuzaliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Otabek O‘rinboevlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, tumanda 2023 yilning 11 oyi davomida umumiy  jinoyatchilik 18 foizga  kamayishiga erishilgan. Biroq  qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish, tovlamachilik va  o‘lim bilan bog‘liq YTHlari oshib ketgan.

Viloyat IIB rahbarlari shu jihatlarga e’tibor qaratib, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi  ishlarni mahallabay tahlil qilib berishdi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar xizmati, jamoat tartibini saqlash hamda probatsiya guruhlari faoliyati ham muhokama qilindi.

Yakunda tumanda jinoyatlarning oldini olish, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech