24 Oktyabr 2024 yil
2356
Qo‘qon shahrida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi
Barchamizga yaxshi ma’lumki, 2021 yil 10 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida”gi 565-sonli Qarori qabul qilingan.
Ayni kunlarda ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, jinoyatlar keng jamoatchilik ishtirokida, joyida muhokama qilinmoqda.
Qo‘qon shahrida ham voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ishtirokida muhokama yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Kelgusida bunday salbiy holatlarning oldi olish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi, yoshlar ogohlikka chaqirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati