Jamoatchilik kengashining yigʻilishi
Fargʻona viloyati IIBda xotin-qizlar jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Shahodatlangan ayol xodimalar va ishchi-xizmatchilar ishtirok etgan tadbirni viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik F.Ortiqboyev ochib, bu boradagi ma’naviy-marifiy ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan soʻz yuritdi.
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik A.Isakov sohada faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, ular tomonidan qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etilishi yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.
Anjumanda Fargʻona viloyati IIB qoshidagi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashining yangi tarkibi ovoz berish yoʻli bilan saylandi.
Tadbirning ikkinchi qismi uch avlod uchrashuvi tarzida davom etdi. Uzoq yillar tizimda samarali mehnat qilib nafaqaga chiqqan iste’fodagi mayor Diloromxon Nazirova hamda iste’fodagi kapitan Nurxon Joʻrayeva yosh xodimlarga oʻz tajribalari haqida soʻzlab, kasbga sadoqatli, fuqarolar bilan xushmuomala va madaniyati boʻlish borasida tavsiyalar berishdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati