Jamoat xavfsizligi konsepsiyasining joylardagi ijrosini oʻrganilmoqda
Respublika ishchi guruhining Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bu borada davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’yektlar tomonidan belgilangan vazifalarni ijroga qaratilganligini oʻrganish hamda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida viloyati hokimi, ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiyaning viloyat boʻyicha boshqarmasi boshliqlari tomonidan Qoʻshma qaror imzolangan edi.
Ushbu qarorga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’yektlardan iborat viloyat ishchi guruhi tashkil etildi.
Idoralararo ikkita mintaqaviy hudud boʻyicha ishchi guruhi tomonidan Quva hamda Toshloq tumanlarida korxona-tashkilotlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazilib, ushbu oʻrganishning mazmun-mohiyati, ishchi guruh vazifalari tushuntirib oʻtildi.
Yigʻilishdan soʻng ishchi guruh vakillari oʻrganish uchun hududlarda ish olib bordilar.
Hamkorlikda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilib, IIB xodimlari tomonidan 1 ta ob’yekt hamda 2 ta fuqaro xonadon texnik koʻriqlash markazi qoʻriqloviga ulandi.
7 ta MFYlarda ham targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ushbu tadbir davomida jami 8 ta ob’yekt va fuqaro xonadonlaridan texnik koʻriqlash markazi qoʻriqloviga topshirish uchun ariza va aloqa xatlar olindi.
Bundan tashqari, Quva tumani hududida faoliyat yuritayotgan 18 ta savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchalariga 32 dona videokuzatuv kameralari oʻrnatish ishlari tashkillashtirildi. Mavjud 8 ta nosoz videokuzatuv kameralari sozlandi va ishchi holatga keltirildi. Shuningdek, Quva tumani qoʻriqlash boʻlimi TQM hududidan uzoqda joylashganligi sababli, 4 ta ob’yekt avtonom signalizatsiya bilan jihozlandi.
Toshloq tumanida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida ham tumandagi jinoyatchilik holati tahlil etildi. Oʻtgan yilpning mos davriga nisbatan jinoyatlar salmogʻi kamayishiga erishilgan boʻlsada, oʻgʻrlik firibgarlik kabi salbiy illatlar hali ham uchrab turibdi.
Aholi bandligini ta’minlash, hududlarni qoʻriqlovga olish, qizil toifadagi mahallaarda oʻzrao hamkorlikdagi tadbirlarning amalga oshirilganligi, ma’muriy nazorat oʻrnatilgan shaxslar bilan olib borilgan ishlar koʻzdan kechirildi. Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’yektlarning oʻtgan 5 oylik muddatda amalga oshirgan ishlari oʻrganildi.
Profilaktika (katta) inspektorlariga tegishli boʻlgan xizmat uylarida oilasi bilan birgalikda yashayotganligi va ijtimoiy ahvoli ham oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida aniqlangan kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha tuman rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Viloyat ishchi guruhi oʻrganishlarni davom ettirmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati