15 Yanvar 2025 yil 1853

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ishtirokida joylarda 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Dadaxanov boshchiligida Qo‘qon, Dang‘ara, Furqat, Beshariq hamda O‘zbekiston tumanlarida o‘tkazilgan yig‘ilishda, o‘tgan 2024 yil davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan uchrashuvlar sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar shahar-tumanlar kesimida tahlil qilindi.

Hududlardagi jinoyatlar salmog‘ini oshib ketishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga kelgusida salbiy holatlarni oldini olish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini saqlash, jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, xizmat faoliyatida namuna ko‘rsatib, yaxshi natijalarga erishgan xodimlar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech