18 Yanvar 2023 yil 353

Ishchi guruhi – Buvayda hamda Uchkoʻprik tumanlarida

Avval xabar qilganimizdek, kuz-qish mavsumida aholi kayfiyatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muammolarni oʻrganish yuzasidan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan hududlarda oʻrganishlar olib borilib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Jumladan, ishchi guruhi tomonidan Buvayda tumanida olib borilgan oʻrganishlar davomida Oqtepa MFY hududidagi 19-oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlar, isitish tizimi koʻzdan kechirildi. Beglar MFYda joylashgan AYOQShda ham oʻrganishlar olib borildi.
Qoratepa, Shoʻr, Pishagʻar, Qoʻrgʻonobod, Bachqir, Ponsod MFY larda ham gaz va elektr bilan bogʻliq muammolar aniqlanib, ularga yechim topish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Buvayda tumani dehqon bozorida esa ishchi guruhi a’zolari tomonidan sotuvchi va xaridorlar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Uchkoʻprik tumanida olib borilgan oʻrganishlar davomida ham bir qator kamchiliklar koʻzga tashlandi.
Ishchi guruhi a’zolari tuman markaziy shifoxonasining terapeya boʻlimi hamda Qumariq qishlogʻida joylashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi issiqlik tizimini koʻzdan keichirdilar.
Yakkatut MFYdagi AYOQShda, Yangiyoʻl, Poloxon, Istiqbol MFYlarida olib borilgan oʻrganishlarda ham bir qator kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari koʻrildi.
Oʻrganish davomida qish masumini betalafot oʻtkazish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech