26 Fevral 2022 yil 1351

Ishchi guruhi kinologiya xizmati faoliyatini oʻrgandi

Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida koʻrsatib oʻtilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hamda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yetakchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Fargʻona viloyati IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmatida boʻldilar.

Oʻrganishlar davomida, Kinologiya xizmati xodimlarining huquqiy bilimlari, kasbiy mahoratlari, xizmat itlarining, iz qidiruv, giyohvandlik moddalari topish, toʻsiqlarni yengish kabi amaliy jihatlari koʻzdan kechirildi. Erishilgan yutuqlar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bevosita xodimlar ishtirokida muhokama qilinib, zarur tavsiyalar berildi.

Ma’lumki, Ichki ishlar organlari tizimidagi kinologiya xizmati jinoyat va huquqbuzarliklarni issiq izidan fosh etishda katta ahamiyatga ega. Bunda, soha moddiy texnik ba’zasini mustahkamlash, xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, xizmat itlarining shayligini ta’minlab borish lozim boʻladi.

Yuqoridagi kabi tadbirlar ayni maqsadlarga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech