10 Fevral 2020 yil
859
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Rishtonda dahshatli avariya boʼldi nomli videolavha yuzasidan rasmiy munosabat.
Joriy yilning 08 fevralь kuni soat 16:00 larda chamasida Rishton tumani Toʼda mfy Sharshara koʼchasi raqamsiz uyda yashovchi 58 yoshdagi fuqaro T.N. fuqaro T.D. tegishli boʼlgan "SPARK" rusumli avtomashinani Rishton-Toʼda yoʼnalishida boshqarib ketayotib, Rishton tumani Navoiy mfy А.Roshidoniy koʼchasida boshqaruvni yoʼqotib, yoʼl chetidagi devorga urilib yoʼl-transport hodisasi sodir etgan. Natijada haydovchi T.N tan jarohati olib Rishton tumani ShTTYoB ga murojaat qilgan. Boshqa jabrlanganlar yoʼq.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati