Internet magazinda firibgarga chuv tushdi
Qoʻqon shahri. A.X. ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, unda 06-dekabr kuni noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, “OLX” internet ijtimoiy tarmogʻi orqali sotuvga qoʻygan telefon apparatini sotib olishligini pullarini plastik kartasiga oʻtkazishligini aytib, aldov yoʻli bilan plastik karta raqamini olib, plastik karta hisobida boʻlgan 864 300 soʻm pullarini boshqa plastik kartaga oʻtkazish orqali qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi A.O sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati