Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Fargʻona tumanida bir nechta fuqarolarning oʻzaro janjallashganligi aks etgan videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ma’lum boʻlishicha, joriy yilning 07-oktabr kuni 3 nafar fuqarolar Vodil shaharchasidagi savdo doʻkonda navbat talashib, oʻzaro janjallashib ketishgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB tomonidan fuqarolar R.M., A.N,larning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi hamda A.Sh.ning harakatlarida 183-moddasida koʻrsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklar mavjudligi aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudiga yuborilgan.
Videotasvirdagi IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ularga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Fuqarolarimizdan internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalayotgan ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirilmasdan turib, turli nooʻrin xulosalarga bormasliklarini soʻrab qolamiz!
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati