Voyaga yetmaganlar ishtirokida jinoyat va huquqbuzarlik mavzusida inspektor-psixologlar bilan o‘quv seminari tashkil qilindi
Voyaga yetmaganlar shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish,
ular ishtirokidagi jinoyat va huquqbuzarliklar salmog‘ini kamaytirishda muhim ahamiyatga
ega.
Viloyat IIBda boshqarma rahbariyati boshchiligida inspektor-psixologlar
bilan o‘tkazilgan seminarda ayni mavzu tahlil qilindi.
Prezidentimizning 2025 yil 18 martdagi "Ichki ishlar organlarining
voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil
etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, asosida yuklatilayotgan
vazifalar birma bir tushuntirildi.
Kelgusida har bir inspektor ta’til mavsumida mahallalarda, o‘quv
jarayonida esa, ta’lim muassasalarida mutasaddilar bilan bajarishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni olishdi.