14 Dekabr 2022 yil 653

Ikki nafar qidiruvdagi shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona viloyati IIB YHXB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.L.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Dangʻara tumani IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan P.I.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: