Ikki nafar erkak ayolni aldab pullarini qoʻlga kiritdi
Fargʻona shahar. B.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 23-mart kuni noma’lum shaxsning telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi tegishli profili orqali bir dona “IPhone 11 pro” rusumli telefon aparatini sotib olishini aytib, shahar markazidagi “Paynet” shoxobchasidan no’malum plastik kartasiga 950.000 soʻm pullarini oʻtkazib berganligini, biroq profil egasi bergan va’dasini bajarmasdan pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.J va X.H sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati