Rishton tumanidagi shifoxonadan ikki dona kardio monitor tibbiy apparating ekranlarini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Rishton tumani. T.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 01-mart kunidan 06-mart kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs, ish joyi Yangi yoʻl MFY hududida joylashgan shifoxonasida boʻlgan umumiy narxi 37.259.000 soʻmlik ikki dona kardio monitor tibbiy apparati ekranlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati