Ikki bosh qoramolni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Quvasoy shahar.2022-yilning 29-aprel kuni 1991-y.t. Yo.E Sufon mahalla hududida joylashgan chorva mollari bozorida 1982-y.t. K.U.ning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan ikki bosh qoramolini 31.812.000 soʻmga sotib olishini aytib, unga oldindan 200.000 soʻm pullarni berib, qolgan qismini 6-may kuni berishini va’da qilib, aldov yoʻli bilan qora mollarini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib pulini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati