11 Iyul 2022 yil 428

Ikki ayol bir fuqaroni avtomashina olib berishlarini bahona qilib pullarini qoʻlga kiritishdi

Fargʻona tumani. 25.05.2022-yil kuni fuqaro U.Sh K.L va A.O ismli ayollar uni ishonchiga kirib, 2022-yilning mart oyida unga avtomashina olib berishini aytib, avtomashina boshlangʻich toʻlovchi uchun 2.200 AQSH dollari va 15.000.000 soʻm pullarni berishini aytib, ushbu pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, pularni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech