15 Dekabr 2021 yil 686

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Margʻilon shahrida "Дамас" va "Cобальт" rusumli avtomobillar toʻqnashganligi boʻyicha ma’lumot

2021-yil 14-dekabr kuni soat 20:00 larda, Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar, Ahmad Yassaviy koʻchasida joylashgan "Yogʻdu" qaxvaxonasi roʻparasida haydovchi, 1991-yilda tugʻilgan R.X. "Damas" rusumli avtomobilni boshqarayotib, chapga burilish vaqtida roʻparadan kelayotgan haydovchi, 2000-yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvida boʻlgan "Cоbalt" rusumli avtomobilni oʻtkazib yubormaganligi oqibatida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Zarb oqibatida "Дамас" avtomobilida yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida, "Damas" rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli R.X. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yoʻllarda qoidalarga rioya qilishlarini, oʻzi va atrofdagilar salomatligini xavf ostiga qoʻymasliklarini soʻraymiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech