Ijtimoiy tarmoq orqali aviabilet sotib omoqchi boʻlgan shaxs pullariga aldandi
Margʻilon shahar. Fuqaro R.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 31-oktabr kuni noma’lum shaxs ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketish uchun “Телеграм” ijtimoiy tarmogʻi orqali Moskva-Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha aviabilet sotib olish uchun gaplashib noma’lum bank tomonidan berilgan plastik kartasiga aviabilet uchun jami 3.500.000 soʻm pullarini tashlab berganidan soʻng uning telegram kanalini bloklab pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati