29 Sentyabr 2021 yil 1052

IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qoʻshinlari harbiy xizmatchilari "Men donorman" shiori ostidagi aksiyasida faol ishtirok etishdi

Qon inson tanasini muhim hayotiy ehtiyojlar bilan ta’minlovchi vosita. Inson salomatligi bilan bogʻliq sodir boʻladigan kutilmagan holatlarda unga donor qoni zarur boʻlib qoladi. Muntazam tashkil etib kelinayotgan donarlik aksiyalari ana shunday ogʻir ahvoldagi insonlarni hayotga qaytaradi desak mubolagʻa emas.

Аna shu maqsadda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qoʻshinlari harbiy xizmatchilari "Men donorman" shiori ostida qon quyish markazi Fargʻona viloyati filialida xayriya aksiyasida qatnashishdi.

Mazkur donorlik aksiyasi surunkali kasalliklar bilan davolanayotgan, turli xil baxtiz hodisalar tufayli qon va qon preparatlariga muhtoj oilalarga yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tahlillariga koʻra koʻra, aholining qon va qon preparatlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun har 1000 kishiga donorlar soni 30 kishidan ortiq boʻlishi kerak.

Harbiy xizmatchilar kimningdir mushkulini oson qilganliklaridan, hayotini saqlab qolishga oz boʻlsada oʻz hissalarini qoʻshganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech