20 Sentyabr 2022 yil 188

IIV Fargʻona akademik litseyiga yangi qabul qilingan oʻquvchilar mahorat darslarida ishtirok etishdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning tegishli topshirigʻiga asosan Fargʻona viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik F.Ortiqboyev, faxriylar kengashi raisi A.Usmonov hamda viloyat IIB boshligʻining maslahatchisi I.Ismailovlar ishtirokida IIV Fargʻona akademik litseyiga yangi qabul qilingan oʻquvchilar bilan "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz", "Yangi Oʻzbekistonda - yangi izchil ichki ishlar organlari" mavzusida mahorat darslari oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar davomida oʻquvchilarga ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash va xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar boʻyicha tushunchalar berishdi.

Oʻquvchilarni qunt bilan bilim olishga, xalq koriga yaraydigan munosib inson boʻlib kamol topishga chorlashdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech