IIV Fargʻona akademik litseyida “Konstitutsiya" kuniga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi
Akademik litsey rahbariyati, ota-onalar, ichki ishlar organlari faxriylari, viloyat IIB xodimlari hamda akademik litsey oʻquvchilari ishtirokida “Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati!” shiorida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida ma’naviyat va ma’rifat dars soatlari davomida akademik litsey oʻquvchilariga davlatimiz bosh qomusining qabul qilinish tarixi, uning jamiyat rivojida tutgan oʻrni, huquqiy davlat qurishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berib oʻtildi.
Shuningdek, tadbir davomida oʻquvchilar konstitutsiyamizni madx etuvchi she’rlarni ijro etishdi. Guruhlar oʻrtasida tashkil etilgan tasviriy san’at va devoriy gazetalar boʻyicha ijodiy tanlovlar oʻtkazildi.
Bundan tashqari, “Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati!” mavzusida insholar tanlovi, bilimlar bellashuvi ham oʻtkazilib, tanlovda gʻoliblari litsey rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Tadbirning ikkinchi qismida IIV MOMB Fargʻona boʻlimi xodimlari ishtirokida kasbiy mahorat mashgʻulotlari oʻtkazildi. Ushbu mahorat darslarida akademik litsey oʻquvchilari jangovar qurollar bilan yaqindan tanishtirildi.
Akademik litseyda ushbu yoʻnalishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom ettirilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati