3 Oktyabr 2022 yil 446

IIO xodimiga sovuq qurolni namoyish qilgan va jamoat tartibini buzgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Joriy yilning 30-sentabr kuni Fargʻona viloyat IIB Yoʻl-patrul xizmati inspektori X.A belgilangan tartibdi Bagʻdod tumani Qirqvolida qishlogʻi hududida “Damas” avtomashinani toʻxtatib tekshirganida, haydovchi A.A tegishli hujjatlarsiz yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanayotganligi aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash jarima maydoniga olib kirilgan.

Haydovchi A.A xizmatni davom ettirayotgan X.A.ning oldiga kelib, baqir-chaqir qilib, oʻzida boʻlgan pichoqni ochiqdan ochiq namoyish qilgan paytda inspektor X.A pichoqni undan olib qoʻygan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Bagʻdod tumani sudiga taqdim etilgan.

Sud fuqaro A.A.ni ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183, 185 prim 2-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech